Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Xorijiy investitsiya va xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalarning huquqiy himoyasi" mavzusida o’tkazilgan seminar yurtimizda xorijiy investitsiya muhitini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ijrosiga qaratildi. Tadbirda Savdosanoat palatasi, tabiatni muhofaza qilish, bank, soliq, bojxona, shuningdek, turli yo’nalishda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar vakillari ishtirok etdi.
Har qanday mamlakat iqgisodiyotida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar muhim o’rin tutadi. Respublikamizning iqtisodiy va eksport salohiyatini mustahkamlashda xorijiy investitsiyalardan kengroq foydalanishga katta ahamiyat qaratilmokda.
Shu jihatdan, Toshkent viloyati sanoat salohiyati yuksalib borayotgan hududlardan biri sanaladi. Viloyatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat ko’rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmokda. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga qonunlarda belgilangan qo’shimcha imtiyoz, kafolatlar berilayotganligi sarmoyadoralar qiziqishining ortishiga xizmat qilmoqda.
Toshkent viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan ham xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan izchil tashkiliy-huquqiy choralar ko’rish vazifasi yuklatilgan.
O’tkazilgan tadbirda, mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishda "To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 aprel kungi Farmoni yangi imtiyozlar va kafolatlar tizimini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Farmonda mustaqillik yillarida mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirilganligi, ayniqsa, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish jarayonlari takomillashgani, xorijiy investorlarning xuquq xamda manfaatlarini himoya qilish bo’yicha qonun yo’li bilan keng qo’lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar belgilanganligi o’z aksini topgan.
Bugingi kunda viloyatda 2011 yil yakunlariga ko’ra, 26 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro’yxatdan o’tkazildi va viloyat iqtisodiyotiga 147,8 mln. dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, 2 ming dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi. 2011 yil hamda 2012 yilning 1 choragi davomida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha Hukumat qarorlari asosida qabul qilingan Dasturlardagi tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida Chirchiq shahridagi «Maksam-Chirchiq» zavodida «Sof rivojlanish mexanizmi» bo’yicha loyihalar N2O tashlamalarini qisqartirish , Bekobod shahri «Bekobodsement» OAJda yangi quruq usulda klinker ishlab chiqarish liniyasini qurish kabi tadbirlar tugatilishi arafasida.
Shuningdek, 2012 yil I-chorak davomida 123 dan ziyod korxona, tashkilotlardan (shulardan 2 tasi xorijiy investitsiya) tushintirish ishlari olib borilgan, ommaviy axborot vositalarida 16 marotaba chiqishlar qilingan bundan tashqari tashkil etilgan 19 ta "Ochiq eshiklar" kunida 54 ta tadbirkorlar ishtirok etgan va ulardan 54 ta muammoli masalalar qabul qilinib barchasi hal etilgan. 19 ta "Ishonch telefoni" orqali 6 ta tadbirkorlarning muammoli murojaatlari qabul qilinib, barchasi hal etilgan.
Tadbirkorlarning mavjud muammolari to’g’risidagi murojaatlarni qabul qilish maqsadida, viloyat qo’mitasida va hududiy qo’mitalarda har oyning juma kuni "Ishonch telefonlari" va "Ochiq eshiklar kuni" belgilanib, tushgan murojaatlarni qayd etib borish bo’yicha maxsus jurnallar yuritilgan hamda viloyat, tuman va shahar ro’znomasida 12 dan oshiq e’lon berilgan.
Anjumanda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar vakillariga mamlakatimizda yaratilayotgan qulay sarmoyaviy muhit, O’zbekiston Respublikasining sohaga oid yangi qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, ularning ahamiyati, milliy iqtisodiyotimizga investitsiya kiritish kafolatlari to’g’risida batafsil tushuntirishlar berildi va ular faoliyatidagi masalalar yechimi xususida mutaxassislar bilan atroflicha fikr almashildi.
SH.Usmonova, R.Tuxtayev, U.YOqubov
chop etilgan sana: 19-06-2012 13:58
manba: